STANDART КО’ST

STANDART КО’ST — hamma xarajatlarni qattiq me’yorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo’yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’matish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish usuliga o’xshaydi.