STANDART

STANDART (ing. standard — me‘yor, namuna, o’lcham) — keng ma‘noda – boshqa ob‘yektlarni taqqoslash uchun dastlabki ob‘yekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; standartlanadigan ob‘yektga qo’yiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan me‘yorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi me‘yoriy texnik hujjat.