Stannin

Stannin (lot. stannum — qalay), qalay kolchedani — sulfidlar sinfi- ga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Cu2FeSnS4, unda: Si—29,5%, Fe 13%, Sn 27,5%, S29,9% hamda Zn, Sb, Cd, Pb va Ag aralashmalari mavjud. Pegmatitlar, kvarsdala shpatlari tomirlari va Grey- zenlar bilan bog’liq yuqori trali S. kub simmetriyali bo’lsa, kasseteritsulfid konlarida keng tarqalgan past trali S. tetragonal simmetriyaga ega, uning kri- Stall strukturasi xalkopiritnikiga o’xshash. O’ziga xos yashil tovlanuvchan, kulrang. Qattikligi 3— 4,5; zichligi 4,3 — 4,5 g/sm3. Mo’rt, elektrni yaxshi o’tkazadi. Qalay rudalarining zararli aralashmasi. S. gidrotermal konlarda hosil bo’ladi, volframqalay konlarida kasseterit (SnO2), xalkopirit, Arseno- pirit, volframit va b. minerallar bi- lan assosiasiyada uchraydi. S.ning yirik to’plamlari RF (Dalnegorskiy, Xeta, Saxa), Tojikiston, Kanada, Buyuk Bri- Taniya, Boliviyada ma’lum. O’zbekistonda ChatqolQurama tog’lari — Navgarzon, Lashkarak, Sargardonda; O’zbekiston g’arbida — Qizqo’rg’onda dolomitlarning metasomatik o’zgarishi natijasida yuza- ga kelgan tillit, frankent, sfalerit va pirit bilan assosiasiyada uchraydi. Kon- tsentrasiyasi yuqoriroq bo’lsa qalay ruda- si sifatida foydalanish mumkin.