Starkrimson

Starkrimson — kechpishar olma navi. 1952 y.da AQSh da Stark Delishee navining kurtak mutasiyasi tarzida AJ- ratib olingan. Daraxti kuchsiz o’sadi, shoxlari sust rivojlanishi bilan boshqa olma navlaridan farq qiladi. Asosiy shoxchalari zich, novdalari kal- ta va yo’g’on, sarg’imtirko’kish. Ko’chati ekilgandan so’ng 3yili hosilga kira- Di. Golden Dilishes, Jonatan, Renet, Simirenko, King Devid kabi navlar- dan yaxshi changlanadi. Mevasi chiroyli, shakli cho’ziqkonussimon. Po’sti tig’iz, usti mumg’ubor bilan qoplangan. Sir- ti to’q qizil, yirik nuqtalari bor. Eti sarg’imtiroq, karsildoq, nafis, sersuv, shirinnordon, xushbo’y mazali. Meva- si avg. oxiri — sent. boshlarida terib olinadi, yanv.gacha saqlash mumkin. Aso- san, tog’oddi zonalarida etishtiriladi. Kasalliklardan kam zararlanadi. 1993 y.dan Qoraqalpog’iston va Xorazm vilo- yatlari uchun r-nlashtirilgan.