STATISTIK USULLAR

STATISTIK USULLAR — tadbiqiy matematik statistikaga oid usullar va modellar birligi. Shartli ravishda ularni ikkiga bo’linadi. Birinchi guruhga: terma (tanlash) usuli, tavsiflovchi (ta‘riflovchi) statistika, bog’liqlik va aloqalar tahlili, statistik xulosalar baholar va mezonlar nazariyasi, tajribani rejalashtirish usullari kiradi. Ikkinchi guruhga ko’p o’zgaruvchili usullar kiradi: darajalash; taksonomik tadbirlar; korrelyasion, faktorli, sababiy tahlil va bir guruh statistik modellar.