Statosistlar

Statosistlar (Yun. statos — tur- gan, qarakatsiz va … tsista), eshitish Pu- fakchasi — umurtqasiz hayvonlarning muvozanat organlari; tana qoplog’ichi ostida joylashgan chuqurcha yoki pufak- cha shaklida; ayrim hayvonlar (Meduza, dengiz tipratikanlari)da tana yuza- siga bo’rtib chiqib turgan qadahsimon o’simtadan iborat. S bo’shlig’idagi suyuqlikda 1 yoki bir necha otolitlar (statolitlar) joylashgan. Tana holati o’zgarganda otolitlar joyidan surilib, pufak devoridagi kiprikli epiteliy- ning sezgir hujayralarini yoki reseptor hujayralar bilan bog’langan xitin tuk- chalarni (bo’g’imoyoklilarda) qo’zg’atadi. Nerv impulsi Markaziy nerv sistema- siga o’tib, u erda organizmni o’z holatiga qaytaradigan javob harakatlanish re- aktsiyasini paydo qiladi. S. tuzilishi va funktsiyasi umurtqali hayvonlarning ichki qulog’ida joylashgan makulaga o’xshab ketadi.