Statut
Statut (lotincha statuo — qaror qilaman) — 1) biron tashkilotning vakolati va tartibini belgilab beruvchi ustav, qoidalar majmui; 2) orden Statuti — ordenning tasviri, orden bilan mukofotlash va uni taqish tartiblari to’g’risidagi qoidalar; 3) ba’zi mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSh va boshqalar)da qonun hujjatlarining nomlanishi.