Staxanov
Staxanov (1937-40 y.larda Sergo, 1937 y.gacha va 1940-78 y.larda Kadiev- ka) — Ukrainaning Lugansk viloyatida- gi shahar. Luganskdan 53 km g’arbda. T.y. stantsiyasi. Aholisi 113,7 ming kishi (1990y.lar o’rtalari). S. 19-a.ning 40y. larida toshko’mir koni ishga tushirili- shi bilan vujudga kelgan. Donbassning og’ir sanoat markazlaridan biri. Shahar yaqinidan ko’mir qazib olinadi. Koks kimyosi, kimyo, metallurgiya, mashinasoz- lik, vagonsozlik, ferroqotishma, qurum, gidrojihozlar z-dlari, kumir boyitish f-kalari, bir qancha o’rta maxsus bilim yurtlari, tarixiy-badiiy muzey mavjud. Shaxtyor A.G.Staxanov nomiga qo’yilgan.