STEGOTSEFALLAR

STEGOTSEFALLAR, qopqoqboshlilar, sovutboshlilar (Stegocephalia) — suvda va qurukdikda yashovchi qazilma hayvonlar. S. qoldig’i yuqori paleozoy va quyi mezozoy yotqiziqlaridan topilgan. Tanasining uz. 10 sm dan 4 m gacha. Kalla suyagining qopqog’i yaxlit qoplam hosil qilgan. Tanasi sirtida suyakli qalqonchalar bo’lgan. S. Daryo, ko’l, o’rmon va botqoqliklarda yashagan. Ba’zi S. hozirgi amfibiyalarta yaqin turadi. Sning ko’p qismi labirintodontlarga kiritilgan.