Stekolnikov Boris Abramovich
Stekolnikov Boris Abramovich (1889, Saratov — 1974, Toshkent) — xirurg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1963), tibbi- yot fanlari D-ri (1941), prof. (1948). Saratov un-tini tugatgan (1915). O’rta Osiyo un-tining topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasida or- dinator (1920-22), assistent (1923— 34), dosent (1935-41), kafedra mudiri (1941-66). 1966 y.dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti xirurgiya kli- nikasi mudiri. Ilmiy ishlari ba’zi Pa- tologik jarayonlarda ko’krak qafasi a’- zolarining joyidan ko’chishiga oid.