STRATEGIYA

STRATEGIYA — grekcha “strategos” iborasidan olingan bo’lib, “general san’ati” ma’nosini bildiradi. Bozorlarning va huquqiy tizimning holati, ichki va tashqi korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirdagi va kelajakda tushib qolishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilishdir. Strategiya mahsulot nomenklaturasi va ishlab chiqarish hajmlari, sotish bozorlari, xomashyo va investitsiya manbalarini o’z ichiga oluvchi restrukturizatsiyaning turli bosqichlarida korxona rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilab berishi lozim.