Stratigrafiya

Stratigrafiya (lot. Stratum to’shama, qatlam va grafin) — geologiya- ning er po’sti kesimidagi tog’jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan o’rnidagi dastlabki nisba- tini o’rganuvchi bo’limi. S cho’kindi tog’ jinslari qatlamlarini kuzatib, o’tmish geologik davrlarda ularning fasial o’zgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmay- digan o’ziga xos belgilarga ega bo’lgan va ma’lum bir birlikka mujassamlash- gan tog’jinslarining stratigrafik yig’indisini tadqiq qiladi. Er organic dunyosining takrorlanmas taraqqiyotini aks ettiruvchi cho’kindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibi- ni aniqlash o’rganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda o’xshashligini belgilashda ahamiyatga ega (q. Biostratigrafiya). Shu jihatdan S. paleontologiya va geoxrono- logiya bilan uzviy bog’liq. S.ning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni AJ- ratish, ularning tarqalishini kuzatish, turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini o’zaro qiyoslashdir. S. yordamida er po’stining geologik rivojlanish tarixini ti- klash mumkin; cho’kindi formasiyalar shakllanishining vakti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik xaritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ish- lab chiqiladi. S.ning nazariy asoslari, printsip va uslublariga 20-a.da juda ko’p ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va ba’zi bir kridalariga 17— 19-a.lardayoq Daniya, Angliya, Frantsiya va Germaniya olimlari tomonidan asos so- lingan. Daniyalik olim N. Steno (1638— 86) tog’jinslari qatlamlanishining ketma-ketligi qonunini anikladi. 19-a. 1-yarmida ingliz olimlari R. Murchi- son va A. Sedjvik, frantsuz J. Kyuve va b.ning tadqiqotlari S. ni yanada ri- vojlantirdi. 18-a. oxirlarida G’arbiy Evropada er po’stini tashkil qilgan yotqiziqlarni birlamchi (hoz. paleozoy yotqiziqlari), ikkilamchi (mezozoy) va uchlamchi (kaynozoy) davri jinslariga bo’lish qabul qilingan. Dastlabki ikki termin tezda o’z ahamiyatini yo’qotdi. 1759 y. italiyalik geolog Arduino ta- Klif qilgan uchinchi termin hoz. ham qo’llaniladi [q. Uchlamchi sistema (davr)]. 1829 y. eng yangi bo’sh yotqiziqlarni Fran- suz geologi J. Denuaye to’rtlamchi davr yotqiziqlari nomi bilan ajratdi [q. To’rtlamchi sistema (davr)]. 19-a.ning 1-yarmida turli mamlakatlarda olib bo- rilgan tadqiqotlar natijasida geologik sistema (davr)lar ajratildi va er ta- rixida ularning izchilligi (ketma-ket- ligi) belgilanib, umumiy bo’linmalari qabul Kili idi va avval ajratilgan si- stemalar, bo’limlar qayd kilindi. 1900 y. frantsuz geologi E. Reneve fakat si- stema bo’limlarinigina emas, balki yarus bo’limlarini ham o’z ichiga olgan yig’ma, «xronofaf»ni taklif etdi. Umumiy stratigrafik shkala 20-a. o’rtalarida Er taraqqiyotining eng kad. Boskichlari intensiv ravishda o’rganila boshladi va yagona sistemasini belgilash imkoniyati tug’ildi. S.da qatlamlanishning izchil- ligi haqidagi qonun asosiy o’rin tutadi; bu qonunga muvofiq, qatlamlar normal holatda yotganda har bir ostki qatlam ust- ki qatlamga nisbatan qadimiyroqtsir. Bu qonundan istisno hollar faqat tektonik deformasiya natijasida katlamlarning dastlabki yotishi buzilgandagina kuza- tiladi va bunda qatlamlar to’ntarilgan holatda ham yotishi mumkin. O’tgan Geo- logik davrlar xavzalarida qavatlangan tog’jinslari qatlamlari muayyan izchil- likda yotadi, bu qatlamlarni o’rganib, stratigrafik ustun (kolonka) tuzish mumkin. Bu ustunlarni kiyoslashda turli metodlardan foydalaniladi, bulardan eng keng tarqalgani va ishonarlisi Pa- leontologik metod bo’lib, u er organic dunyosining takrorlanmaydigan Pro- gressiv tarakqiyotiga asoslangan. Pale- ontologik metod paleoekologik ma’lu- motlar hisobga olingan taqdirdagina qo’llanishi mumkin. Qazilma organizm- larning barcha guruxlari stratigrafik korrelyasiya maqsadlarida foydalanila- Di. Juda ko’p mikdorda uchraydigan mayda organizmlar qoldiklari, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sporachang analizi ham xuddi shunday xususiyatlari bilan ajra- lib turadi, bu analiz fanerozoy barcha bo’linmalarining cho’kindi qatlamlari yoshini aniklashda qo’llaniladi. To- kembriyning ancha qad. yotkiziklari- da hayvonlar qoldig’i nihoyatda kam, ko’kyashil suvo’tlarning hayot faoliyati izlari ko’plab uchraydi, ulardan 1960y. larda yuqori tokembriyning karbonat qatlamlarini bo’lish va korrelyasiya kilishda muvaffaqiyatli foydalanil- Di. Ancha qad. yotqiziklarni o’rganishda cho’kindi va magmatik tog’jinslaridagi turli elementlar (K, V, R)ning radio- aktiv parchalanishiga asoslangan izotop usuli etakchi ahamiyatga ega. Cho’kindi jinslarning izotop yoshiga oid ma’lu- motlar juda kam. Aniklashning rubidiy metodi turli gilli jinslar va nordon effuzivlarni aniqlashda qo’llaniladi. Ko’rsatilgan metodlar yordamida chukin- Di qatlamlarga kirib qolgan turli in- truziv tog’jinslari yoshi haqidagi ancha to’liq ma’lumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, cho’kindi va Vulkano- gen qatlamlarni korrelyasiya kilishda litologik va geokimyoviy tadqiqotlar, razvedkaning geofizik usullaridan foydalaniladi. Korrelyasiyaning barcha metodlarini ko’llash natijasida butun Er shari uchun umumiy yig’ma stratigra- FIK bo’linmalar sistemasi belgilandi. S. regional geologik tadqiqotlarda asos bo’lib xizmat qiladi hamda maydonning tektonik xususiyatlarini tushuntirish, foydali qazilmalarni qidirish va raz- vedka ishlari yo’nalishini aniqlashga yordam beradi. Stratifafik kesmani batafsil o’rganmay turib geologik xa- ritalar tuzish mumkin emas. S.ning metodlari — biostratifafik, litolo- gik, radiologik, ekostratifafik hamda voqelikni tiklashdan iborat. Ko’pgina biotik o’zgarishlar (ko’plab qirilib ketish, taksonlar xilmaxilli- gining haddan tez ko’payishi, yangi tur- larning paydo bo’lishi)ga evolyusion o’zgarishlar bilan birga turli xil Abi- otik omillar (okean havzasining ken- gayishi yoki qisqarishi, okean sathining ko’tarshshbpasayishi, iqlim va yashash muhitining o’zgarishi, atmosfera va gidrosfera tarkibidagi o’zgarishlar hamda kosmik xrdisalar)ning ham ta’- siri katta. O’ziga xos farq qiluvchi shunday o’zgarishlar izini erning Geo- logik tarixida xalqaro stratigrafik shkalaning deyarli barcha bo’linmalari chegaralarida uchratilgan. O’zbekistonda qo’llaniladigan stratigrafik birliklar shkalasi ba’zi bir bo’lim va yaruslarni bo’linishi va indekslanishi (xududiy xoslik belgilari tufayli) bilan bir oz farklanadi. O’zbekistonning stratigra- FIK tuzilishini o’rganishga olimlardan A. D. Arxangelskiy, T. A. Sikstel, O. I. Sergunkova, Yu. M. Kuzichkina, 3. M. Abduazimova va b.lar hissa qo’shgan. Har bir mamlakatda stratigrafik shkala- ning umumiy va mahalliy bo’linmalari stratigrafik kodeks qoidalari siste- masi asosida ajratiladi. Geologik vaktni o’lchashning etaloni qilib umu- miy xalqaro stratifafik shkala qabul qilingan (2xalqaro geologik Kongress Bolone, 1881 y.). 20-a.ning o’rtalarida unga qo’shimcha qilib stratigrafik shka- laning ancha yirik bo’linmasi — zon mobaynida shakllangan eonotema ki- ritilgan; era mobaynida shakllangan yotqiziqlarni bildiruvchi, avval ishla- tilgan «guruh» termini, «eratema» ter- mini bilan almashtiriddi. Stratigrafik bo’linmalarning har biri erning tabiiy rivojlanish bosqichi va uning organik dunyosi- ga muvofiq keladi; ular barcha Mate- riklarda va 1970y.larda o’tkazilgan burg’ilash ishlari ko’rsatganidek, oke- an botiklarida ham aniqlandi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, geologi k yaruslar va stratigrafik zonalar faqat mahalliy ahamiyatga ega; bu fikr agar faunasi boshqalardan ajralgan holda rivojlangan va dunyo okeani bilan bog’liq bo’lmagan (mas, kora dengiz—ka- spiy havzasining neogen yotqiziqlari) alohida paleohavza materiallari aso- sida ajratilgan yarus va zona uchun to’g’ri bo’ladi. Agar yarus va zonalarning stra- totipi qilib ochiq okean havzalarining kesimlari olinsa, bu bo’linmalarni butun er shari bo’ylab kuzatish mumkin. Antropogen (yoki to’rtlamchi) sistema uchun bo’linmalarning paleoiqlim ma’- lumotlariga asoslangan, ularning o’zaro bog’likligini aks ettiruvchi o’z shkalasi taklif qilingan. Mavjud ma’lumotlar- ning ko’rsatishicha, geologik bo’limlar, yarus va zonalar tokembriyda hozircha ajratilmaydi, sistema va erotemalar fanerozoydagiga nisbatan butunlay boshqacha asoslanishga ega; ularga ekvi- valent bo’lgan protosistema va protoe- rotemalar — fitemalar to’g’risida gapi- rish to’g’riroq bo’ladi. Yagona yoki umumiy stratigrafik shkalaning bo’lim, yarus va zonalarini hamma erda ham istalgandek aniklab bo’lmaydi va kesimlar tuzili- shining mahalliy xususiyatlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun ko’p r-nlarda stratifafik tasnifning asosi bo’lib, mahalliy stratigrafik kichik bo’limlar xizmat qiladi; agar ular paleontolo- gik asosga ega bo’lsa va yo’nalish bo’yicha o’z tarkibini sezilarli o’zgartirgan yotqizikdarni o’z ichiga olsa, unda gori- zontlarga (taxm. o’lchami bo’yicha yarus va kichik yaruslarga mos keladigan va lo- nalar (lokal zonalar)ga ajratiladi. Aksincha, agar mahalliy bo’linmalarni ajratishda tog’jinslari litologik tar- kibining o’ziga xos xususiyati etakchilik qilsa, bunday holatda litostratigrafik bo’linma ning alohida sistemasi qabul qilinadi. Oxirgi xalqaro stratigra- FIK shkala 2000 y.da Braziliyada o’tgan 31-xalqaro geologik Kongressda qabul qilingan. Ad.: Abduazimova 3. M.,Abdullaev N . R., O mejdunarodnoy stratigrafi- cheskoy shkale, T., 2000; Stepanov D. L., Mesejnikov M . S, Obhaya stratigrafiya (Printsipi i metodi stratigraficheskix issledovaniy), L., 1979. Zoya Abduazimova.