Stroboskop

Stroboskop (Yun. strobos — tar- tibsiz harakat va skopeo — qarayman) — biron bir buyum yoki manzarani ku- zatayotganimizda shu buyum yoki manza- ra yo’qolganda ham uning qiyofasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’lib turaverishi hodisasi (ko’rish inersiyasi)ni namoyish qilish uchun mo’ljallangan asbob. Umu- miy o’kda aylanadigan ikkita diskdan iborat. Birinchi diskda, xuddi soat TSI- ferblatidagidek, biron bir takrorla- nuvchi jarayonning turli fazalariga mos shakllar tushirilgan. Ikkinchi diskda qator uzunchoq tirqishlar ochilgan. Dis- klar aylantirilganda kuzatuvchi kuza- tish darchasi va shu uzunchoq tirqishlar orqali qarab, birinchi diskdagi shakllar harakatini birinketin ko’radi. Har bir shakl bilan navbatdagi shakl harakati orasida muayyan bir oniy vaqt o’tadi. Le- kin kuzatuvchiga shakllarning harakati yaxlit (uzluksiz) bo’lib tuyuladi. Bu qad. o’yinchoq asbobning ishlash prin- Tsipi odam ko’zining ko’rish illyuziyasi xossasiga asoslangan. S. xususiyatidan ko’pgina i.t. ishlarida, har xil asboblar yasashda, kinematografiya va televidenie- da keng foydalaniladi (q. Stroboskopik effekt).