STRUKTURAVIY (TARKIBIY) ISHSIZLIK

STRUKTURAVIY (TARKIBIY) ISHSIZLIK — ishchi kuchi strukturasi sekin o’zgaradi va har doim takomillashib boradigan ishlab chiqarishning strukturasiga mos kelmaydi, ish kuchiga bo’Igan taklif va talabning mos kelmasligi natijasida ishsizlik vujudga keladi, bu strukturaviy ishsizlik deyiladi. Masalan, 80-yillarda dunyo bozorida neft narxining pasayishi natijasida AQSHda shu sohada ishlaydiganlarning ko’pchiligi ishsizga aylandilar. Kompyuterning kashf etilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida idora xizmatchilarining ko’pchiligi o’z ishlarini yo’qotadilar, ammo shu vaqtning o’zida matematiklar, programmistlarga minglab bo’sh joylar bor edi.