STSINTILLYATORLAR
STSINTILLYATORLAR — ionlovchi nurlanish yoki elementar zarralar ta’- sirida yorug’lik chaqnashi — stsintillya- tsiya sodir qiladigan lyuminoforlar. Ionlovchi nurlanish yoki zarralarning yorug’lik energiyasiga aylanayotgan ener- giya miqdori (konversion effektivlik) va yorug’sizlanish davomiyligi S.ning muhim xarakteristikalari hisoblanadi. Kristallofosforlar (mas, ZnS, Nal), organik kristallar (mas, antratsen, stilben), plastmassa eritmalari, inert gazlar S. vazifasini bajarishi mum- kin. S. stsintillyasion hisoblagichlaraa qo’llanadi.