Sub…

Sub… (lotincha sub — ostida, pastda, yonida) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi: 1) biror narsaning ostida, tagida yoki yaqinida joylashganlikni (masalan, subtropiklar, subarktika, subtitr); 2) tobelikni, bo’ysunishni (masalan, subinspektor, subordinasiya); 3) ikkinchi darajalilikni, asosiy emaslikni (masalan, subarenda) bildiradi.