Sub’ekt

Sub’ekt — faol faoliyat ko’rsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega bo’lgan individ yoki ijtimoiy guruh. «S.»tushunchasini yunon faylasuflari substantsiya tushunchasi bilan bir xil ma’noda tushunishgan. Aristotel asar- larida S. tushunchasi substantsiya bilan aynanlashtirib, individual borliq si- fatida berilgan. 17-a.dan S. tushuncha- sini gnoseologik ma’noda talqin etish boshlandi. Yangi davr materialistlari S.ni ob’ektiv va azaliy mavjud bo’lgan tashqi voqelikni passiv aks ettirish, idrok qilish, undan nusxa olish bilan- gina chegaralangan biluvchi materiya si- fatida tushuntirishgan. Ular S.ning mohiyatida yotuvchi G’aqiqiy faollikni, ya’ni bilish jarayonida aynan shu FA- ollik voqelikni chuqurroq, kengroq, batafsilroq, mukammalroq bilib olish- ga imkon yaratishini tushunib eta olish- madi. Chunki u davrda S. faolligining zamirida uning aniq faoliyati yotishi haqidagi gnoseologik tamoyil yaratil- magan edi. Idealistlar ob’ektning mav- judligi S. faoliyatining natijasi deb talqin etishdi. Ular S.ni individ ongi, Xudo, goya va b. tarzida tushuntirish aso- sida uning bilish jarayonidagi faollik rolini izohlashga harakat qilishdi. Hoz. zamon gnoseologik tadqiqotlarida S. ob’ekt bilan bog’liqlikda olib qaraladi, ayrim kontsepsiyalarda ob’ek- tning Sdan mustaqil holda mavjudligi ta’kidlanadi. Ayni paytda S. ob’ektga faol o’zgartiruvchi ta’sir qiladi va S. ob’ektni «.insoniylashtiradi». Bunday S. bilan ob’ektning o’zaro aloqadorligi asosida ijtimoiy-tarixiy amaliyot yota- Di. S. hisoblangan individ va uning ongi ham tadqiqot ob’ekti bo’lib keli- shi mumkin. Individ S. sifatida jami- yatning bir a’zosi, tarixiy jarayonning bir vakili sifatida u mansub bo’lgan jamiyat a’zolariga xos bilimlarga ega va shu nuqtai nazardan olamga qaraydi. Individ ijtimoiy mavjudot, shu ma’- noda S. ijtimoiy mazmun kasb etadi, ya’ni jamiyat a’zosi bo’lgan ayrim indi- Vid ham, jamiyatning o’zi ham S. bo’lib kelishi mumkin. Jamiyat uni tadqiq etuvchi tadqiqotchi uchun esa ob’ektdir, o’zidan tashqi olam uchun uni o’rganuvchi S.dir. Inson o’z ehtiyoj va amaliy hayot talablaridan kelib chiqib, tashqi olam- ni o’zgartirish, o’ziga moslashtirish asosida ikkinchi tabiatni yaratdi. Bu holat S. ob’ektni o’z xohishiga ko’ra o’zgartirganligining oqibatidir. Bu ja- rayonda S.ning o’zi ham o’zgarib boradi.