Subutoy, Subedey
Subutoy, Subedey (13-a.) Chin- gizxonning yirik sarkardalaridan biri. Shim. Xitoy, Movarounnahr, Xuroson, Zakavkaze, Dashti Qipchoq, Rus, Sharqiy Evropani istilo etishda Shuhrat qozongan. Uryanxat qabilasidan. Chingizxonning eng yaqin to’qqiz o’rluq (safdosh)laridan. Janglardan birida bir ko’zidan ajralgan; jasorati uchun «Bahodir» unvonini olgan. S. Mingbo- shi sifatida qo’shinning so’l qanotiga (qanot qo’mondoni — Muxali no’yon) man- sub edi. Chingizxon Movarounnaxrni is- tilo qilayotgan davrda (1219-20) S. Hyp qal’asi (Nurota)ni talontoroj qilgan. So’ngra Chingizxonning amriga muvofiq Jebe no’yon bilan birga (20 ming kishi- lik qo’shin bilan) mamlakatdan qochgan Muhammad Xorazmshohni ta’qib etib, Xu- roson, Kaspiy dengizining Jan.dagi VI- loyatlar, Zakavkaze shaharlarini vayron qilgan va shim. Kavkazga chiqqan. Bu erda Kalka jangipz. ruslar va qipchoqlarning Birlashgan qo’shinlarini butkul tor- mor keltirgan. S. rus knyazliklari- ning chegara hududlari, qipchoqlarning yaylovlarini talontoroj etib shim.ga Volga Bulg’oriyasiga yurish qilgan, bi- rok bulg’orlarning qattiq qarshiligiga duch kelib, Mo’g’ulistonga qaytib ketgan (1224-25). O’qtoy qoonning Xitoyga qilgan yurishida (1230-35) qatnashgan. S. Botuxonnmng Sharqiy Evropaga qilgan yurishi (1236-42)da bosh harbiy maslahatchi sifatida doimo u bilan bir- ga bo’lgan. Faxriddin Hasanov.