SUBYEKTIVIZM
SUBYEKTIVIZM — voqelikni sub‘ektga qarab biladigan, ya‘ni ongni birlamchi yaratilgan, boshqa hamma narsalar ongning shakli, mazmuni yoki uning ijodi mahsuli hisoblanadi deb izohlovchi qarash. Subyektivizm tushunchasini Dekart joriy qilgan. J.Berkli idealizmi bunday Subyektivizmning eng keskin shakli hisoblanadi. Subyektivizm ob‘yektiv qonuniyatlarga zid bo’lgan, bir tomonlamalik va ehtiroslar ustunlik qilgan, hato qarorlar va harakatlarni anglatadi. Bunday faoliyat kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va tajribaga ega bo’lmagan kishilar tomonidan sodir etiladi. ―Sub‘yektivlik tushunchasi esa sub‘yektga ta‘rif berishni bildiradi. Bu tushuncha real voqelikni hisobga oluvchi, uning qonuniyatlariga binoan harakat qiluvchi inson faoliyatini anglatadi.