Sud ajrimi
Sud ajrimi (O’zRda) jinoyat ishini ko’rish paytida 1instantsiya sudi chiqaradigan hukmdan boshqa sud qarori. S.a. chiqarish tartibi hal qilinayotgan masalaning xarakteriga bog’liq. Ishni qo’shimcha tergov o’tkazish uchun proku- rorga yuborish, yangi ayblov bo’yicha yoxud yangi shaxsga nisbatan ish qo’zg’atish, ishni tugatish yoki to’xtatish, ehtiyot cho- rasini tanlash, o’zgartirish yoki bekor qilish, rad etish to’g’risidagi ajrimlar, shuningdek, xususiy ajrimlar sud tomo- nidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi. Bu ajrimlar alohida suj- jatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi. Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yuqorida ko’rsatilgan tartibda yoki o’z joyida chiqarilib bu ajrim sud Majli- sining bayonnomasiga yozib qo’yiladi. Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol e’lon qilinishi kerak. Fuqarolik va xo’jalik prosessida 1 instantsiya sudi chiqargan S.a. ishni mazmunan hal qilmaydi, lekin uni o’z vaqtida, to’g’ri hal etish maqsadida qabul qilinadi. S.a. maslahatxonada, murakkab bo’lmagan masalalar bo’yicha esa, bevosita sud Majlisi chog’ida kengashib, qabul ki- linishi mumkin. Bunda chiqarilgan S.a. sud Majlisi bayonnomasiga kiritiladi va darhol e’lon qilinadi. Davlat organlari, korxona, muassa- sa, tashkilot, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxslarning ish yuzasidan aniqlangan qonunga xilof holatlarga e’tiborlarini jalb qilish zarur bo’lsa, jinoyat sodir etilishiga olib kelgan sabab va sharoitlarni ko’rsatib, ular- ni bartaraf qilish choralarini ko’rish to’g’risida sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir. S.a.ni yuqori bosqich sudi (sud Rayo- satidan tashqari) yuqori instantsiya sud- larining hukm, ajrim va qarorlarini apellyasiya, kassasiya va nazorat tartibi- da ko’rib chiqib qabul etadi va sud zalida darhol e’lon qiladi.