Sud chaqiruv qog’ozi
Sud chaqiruv qog’ozi — sudga chaqirilayotganlik to’g’risida rasmiy xat. S.ch. q.da kim, qaysi sifatda (da’vogar, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh), qaerga, kimga va qachon kelishi ko’rsatiladi. Chaqiruv qog’ozida chaqiruvga kelmaslik- ning javobgarligi, ta’sir choralari bayon etiladi (mas, guvohni majburan keltirish, ayblanuvchiga ehtiyot chorasi- ni o’zgartirish). S.ch.q. sud Majlisiga ra- islik etuvchi topshirig’iga ko’ra, sud ko — tibi tomonidan to’ldiriladi. S.ch.q. bi- lan sudga chaqirilganlarga ko’rsatilgan vaqtdagi ish haqi to’liq saqlanadi.