Sud ekspertiza markazi

Sud ekspertiza markazi, xa- dicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi — O’zbekistonda sud ekspertizamG’masalalari bo’yicha ilmiymetodik va muvofiqlashtiruvchi markaz. O’zR Adliya vazirligi huzurida dastlab Toshkent i.t. kriminalistika lab. tashkil topgan (1951). Uning ne- gizida Xadicha Sulaymonova nomidagi Toshkent sud ekspertizasi i. t. institute tashkil qilingan (1958). So’ng Respubli- ka i.t. kriminalistika markaziga (1995), keyin esa S.e.m.ga aylantirilgan (2003). Uning faoliyati surishtiruv, dastlab- ki tergov va sudlar topshiriqlariga asosan sud ekspertizalarini o’tkazish, kriminalistika va sud ekspertiza- si sohasida i.t.larni amalga oshirish, huquqni muhofaza qilish idoralari xo- dimlariga metodik yordam ko’rsatish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yo’nalishlar bo’yicha olib bo- riladi. Bu erda 34 turdagi sud eksperti- zasi bajariladi. Markazning Toshkent sh.da hujjatlarning kriminalistika ekspertizasi, sud ballistika va izshu- noslik, sudavtotexnika, materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistika ekspertizasi, odam DNK sining sud biologik ekspertizasi, sudiqtisodiy ekspertizasi, sud qurilishtexnikaviy va sud fonoskopiya ekspertizasi lab. va bo’limlari, Andijon, Guliston, Buxoro, Nukus, Samarqand, Termiz, Farg’ona, Ur- ganch, qarshi shaharlarida bo’linmalari bor. Markaz xodimlarining sud eksperti- zasining nazariyasi, o’zbek tilidagi dast- xatlarni, imzolarni, o’q otar k,urollar bilan etkazilgan jarohatlarni, nar- kotik moddalar va doridarmonlarni, neft mahsulotlarini, odam DNK sini ekspertiza qilish bo’yicha va shu kabi il- miy ishlari ekspertiza amaliyotida keng qo’llanadi. Markaz oliy yuridik o’quv yurtlari talabalarini o’qitish va huquq sohasidagi mutaxassislarning malaka- sini oshirishda faol ishtirok etadi. Markazning ilmiy kutubxonasida sud ekspertizasining barcha yo’nalishlari bo’yicha 15 mingdan ortiq maxsus adabi- yotlar bor. Ilmiy ishlar, qo’llanmalar, ekspert tadqiqoti metodlariga oid ki- toblarni nashr etadi.