Sud tibbiyoti

Sud tibbiyoti — tibbiyotning bir bo’limi; dastlabki tergov va sud amaliyo- tida yuzaga keladigan tibbiy va biologic muammolarni o’rganadi. «S.t.»atamasini ilk bor 1690 y. ne- mis olimi Iogan Bonn tavsiya etgan. S.t. birbiridan uzoqroq sohalar — tibbi- yot va huquq fanlarini o’zaro bog’laydi. Qadim zamonlardayoq sog’liqqa putur etganda yoki o’lim ro’y berganda huquqiy masalalarni hal etishga vrachlar jalb qilingan. Xitoyda 13-a.da Suntsi tahriri ostida «Siyuanlu» kitobi chop etilgan bo’lib, unda murdani ko’zdan kechirish, undagi o’zgarishlar, jaroxat- lar, zaharlanishlar va h.k. haqida ma’lu- motlar keltirilgan. Abu Ali ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» kitobida Mur- dadagi o’zgarishlarning kelib chiqish sa- bablarini tushuntirib berishga harakat qilgan. Kitobilaning IV—V jildla- rida zahar va zaharlanishlar, mexanik jarohatlar haqida ma’lumotlar beril- gan. Ibn Sino jarohatlarni farqlab tasvirlash haqida fikr yuritgan. O’zbekistonda S.t. fanining rivoj- lanishi 20-a.ning boshlariga borib taqaladi. 1922 y. Toshkentda Turkiston un-tining tibbiyot FTI qoshida S.t. ka- fedrasi tashkil etilib, S.t. eksperti- zalarini rasman o’tkazish va kadrlarni tayyorlash ishlari boshlandi. O’zR da S.t. fanining quyidagi ti- zimlari mavjud: S.t. fani va uning ke- lib chiqish tarixi; S.t. ekspertizasining prosessual va tashkiliy asoslari; tashqi ta’sirotlar natijasida jarohatlanish va o’limning kelib chiqishi; tirik shax- slar sud tibbiy ekspertizasi; murdalar sud tibbiy ekspertizasi; ashyoviy dalil- lar sud tibbiy ekspertizasi; jinoiy va fuqarolik ishlari materiallari bo’yicha sud tibbiy ekspertizasi; tibbiyot va farmasevtika xodimlarining kasbiy huquqbuzarliklari bo’yicha sud tibbiy ekspertizasi. Shuningdek, S.t. qonunlar asosida tibbiy ma’lumotlarni tahlil qiladi. S.t. tibbiyotning boshqa sohalari, Xu- Susan patologik anatomiya (murdalarni tekshirishda), farmakologiya va toksi- kologiya (zaharlanishlarni o’rganishda), klinik fanlar (tirik shaxslarni ko’rikdan o’tkazish), gematologiya va im- munologiya fanlari bilan (ashyoviy da- lillarni tekshirishda) uzviy bog’liq. O’zbekistonda S.t. fanining rivoj- lanishida I.V. Markovich, M.I. Rayskiy, N.F. Kolosova, SSH.Shaxabutdinov, F.J. To’laganov, J.J.Jalolov va b.ning xizmatlari katta. Mamlakatdagi mav- jud tibbiyot intlarida S.t. kafedra- lari mavjud, u erda va huquqshunoslik yo’nalishidagi o’quv muassasalarida S.t. fani o’qitiladi. S.t. ekspertla- ri vrachlar malakasini oshirish int- larida o’z malakalarini oshiradilar. Hoz. S.t. kafedralarida magistrlar tayyorlanmoqda. O’zbekistonda sud tib- biyotchilarining ilmiy jamiyati tashkil etilgan (1954). «O’zbekiston sud tibbi- yoti ekspertlarining ilmiy maqolalar to’plami» chop etilmoqda (1975 y.dan). 1990 y.dan boshlab «sudtibekspertiza» ilmiyo’quvamaliy birlashmasi faoliyat ko’rsata boshladi. Ad.: Jalolov J.J., Sud tibbiyoti, T., 1996. Ibrohim Bahriev.