Sudan

Sudan (Arab. — kora tanlilar mamlakati) — Afrikadagi tabiiy o’lka. Sahroi Kabirdan janubda. Atlantika okeani sohilidan Efiopiya togligigacha 5500 km ga cho’zilgan, eni 1000 km. Taxm. 17° va 4-8° shu kabilar oralig’ida. Mayd. 5 mln. km2 chamasida. S. tokembriy jinslaridan tuzilgan Afrika platfor- masida joylashgan; uning sineklizalari Niger daryosi o’rta oqimi, Chad ko’li va Oq Nil daryosi botiklariga to’g’ri kela- Di. Bal. 200-500 m. Botiklar oralig’ida kristalli jinslardan iborat. Jos, Darfur va Kordofan platolari, S.ning g’arbida Senegambiya pasttekisligi bor. Eng baland joyi 3088 m. Iqlimi subekva- torial, mussonli iqlim. Qishi quruq va issiq. Eng salqin oyining o’rtacha t-rasi 20-26°. Ezda Jan.g’arbiy musson sha- mollari esib yog’in yog’adi. Yog’in miqdori shim.dan janubga 100 mm dan 2000 mm gacha ortib boradi. Yirik daryolari: Nil, Niger, Senegal, shari, Gambiya va b. Eng katta kuli — Chad. Yog’in miqdoriga qarab landshaft turlari ham har xil. S.ning aksari kismi savanna. Tuproqlari qizil ferralitli va alferritli hamda qizilqo’ng’ir tuproqlar. S.ni odatda 3 qism (G’arbiy, Markaziy va Sharqiy S.)ga bo’ladilar. O’rta asrlar va keyingi dav- rlarda S. hududida Gana, Mali kabi Yi- rik davlatlar mavjud bo’lgan. Hozir S. hududida Senegal, GvineyaBisau, Gambiya, Mali, Niger, Chad, Sudan, Markaziy Af- Rika Respublikasi, Kamerun, Nigeriya, Togo, Gana, Kotd’Ivuar, BurkinaFaso, Gvineya, Benin davlatlari joylashgan.