Sudan tillari
Sudan tillari — afrikashunos- likda 20-a.ning 1-yarmida qo’llangan va Sudan geografik mintaqasida — Sahroi Kabirning Jan.dagi hududdan g’arbda, Gvineya qirg’oqlaridan Sharqda Efiopiya tog’liklarigacha tarqalgan tillarni bel- gilovchi tasnifiy termin. «St.»termini 1905 y.da nemis tilshunosi K. Maynxof tomonidan taklif qilingan. U barcha af- Rika tillarini 4 genetik birikma tar- zida guruxlashtirgan: hom tillari, st., bantu tillari va som tillari. St. tas- nifi, tavsifi va qiyosiy o’rganilishiga 1910-30 y.larda yana bir nemis olimi D. Vesterman katta hissa qo’shadi. Uning tasnifida Afrika tillari 3 yirik oi- laga (koysan, negr va somhom tillari) bo’linib, st. bantu va nilot tillari bi- lan birgalikda NEF tillari oilasiga kiritiladi. St. tarkibida esa 4 yirik guruh: nigrit; mande tillari, turkumli tillar, ichki Sudan tillari ajratila- Di. 20-a.ning 2-yarmidagi izlanishlar, ayniqsa, amerikalik tilshunos J. Grin- Berg tasnifi S.t.ning Maynxof va ve- Sterman tomonidan amalga oshirilgan tasniflari nisbiy ekanligini, st. ga kiritilgan anchagina tillarning boshqa til oilalari va guruhlariga kirishini, shu jihatdan st. ni qayta guruxlash lo- zimligini ko’rsatdi. Eng keng tarqalgan St. — malinke va Gambara, Fula, akan, yo- Ruba, igbo, Edo va b. Xausa tili somhom timarita mansub bo’lsada, unga yonatrof- dagi boshka til guruxlari sezilarli ta’- sir ko’rsatgan. «St.»termini va tasnifi hanuz nisbiyligicha qolmoqda.