Sudga berish

Sudga berish — ishni sudda ko’rish uchun tayinlash tartibi. Sud- ga ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash haqida qaror bilan prokurordan kelgan har bir ishni sudya 7 sutka ichi- da sud majlisida ko’rishga tayinlaydi yoki ish yuritishni to’xtatib turish yoxud tugatish masalasini hal qiladi. Sudya ishni o’z sudloviga tegishli, uni sudda ko’rish uchun asoslar etarli, surishtirish va dastlabki tergovda qonun talablariga rioya etilgan deb hisoblasa, ish bo’yicha sud Majlisi o’tkaziladigan vaqt va joy belgilab qaror chiqaradi. Ayni vaqtda sudya ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot cho- rasini qo’llash yoki o’zgartirish, jinoyat oqibatida etkazilgan zararni qoplash, sud majlisida ishtirok etuvchi shaxslar- ni sudga chaqirish, ularga ish materi- allari bilan tanishish uchun imkoniyat yaratish choralarini ko’radi. Ishni sudya ko’rish uchun tayinlash chog’ida ayblanuv- chi yashiringan bo’lsa, sudya unga nisba- tan qidiruv e’lon qilish haqida ajrim chiqarib, ishni prokurorga qaytaradi. Ayblanuvchi sud muhokamasida ishtirok etishini istisno etadigan darajada og’ir va surunkali kasallikka chalinga- ni sud tibbiy ekspertizasining xulo- sasi bilan tasdiklangan bo’lsa, sudya ayblanuvchi sog’ayguncha ish yuritishni to’xtatib turish haqida ajrim chiqaradi (O’zbekiston Respublikasi JPK, 49bob).