Sudlanganlik

Sudlanganlik — (O’zbekiston Respublikasida) shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat. Sudlanganlik ayblov hukmi kuchga kirgan kundan boshlanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.