Sudoche ko’li
Sudoche ko’li — Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanidagi ko’l. Orol dengizining Janubi g’arbida. G’arbiy qirg’og’i Ustyurtning Sharqiy chinkiga tutash, qolgan tomonlari Amudaryo deltasi bilan chegaradosh. Ko’lning maydoni va tarkibidagi tuz miqdori tez-tez o’zgarib turadi. Chunki, Amudaryo va kanallardan ortgan suvlar ko’lga kelib quyiladi. 1972 yil ko’lning maydoni 96 km2 bo’lgan. Ko’lning o’rtacha chuqurligi 11,5 metr.