Sug’orish sistemasi
Sug’orish sistemasi — muay- Yan er maydonlari va uni sug’orishga xiz- mat qiladigan gidrotexnika (suv olish inshootlari, kanallar, truboprovodlar va b.) va yordamchi inshootlar (yo’llar, ko’priklar va b.) majmui. Odatda sug’oriladigan maydonlarda kollektor- drenaj tarmog’i ham qurilishi sababli S.s. ba’zan gidromeliorasiya sistemasi xam deyiladi. S.s. kompleksiga ularni ishlatish uchun zarur bo’lgan inshootlar, kommunikasiya va qurilmalar (energiya ta’minoti, aloqa, telemexanika, ta’mir- lash bazalari va b.) ham kiradi. S.s.ning suv olish inshootlaridan xo’jaliklarga suv tarqatadigan inshootlargacha bo’lgan qismi xo’jaliklararo S.s. deyiladi. Uni suv xo’jaligi tashkilotlari ekspluata- tsiya qiladi. S.s.ning suvni tarqatadigan inshootdan sug’oriladigan dalalar- gacha bo’lgan va dala ichidagi qismi xo’jalikning S.s. (ichki xo’jalik S.s.) deyiladi. O’rta Osiyoning S.s. sug’oriladigan maydon kattakichikligi, sug’orish man- Bai rejimi, kanal va b. inshootlari texnik darajasi, suv olish usuli, erlar- ning meliorativ holati, asosiy qishloq xo’jaligi. ekinlari va b.ga ko’ra juda xilmaxil. Tabiiy sharoitlari (joyla- shish balandligi, relefi, iqlimi, gi- drogeologik tuzilishi, tuproq qoplami va b.)ga ko’ra tog’li, tog’oldi, vodiy, del- ta S.s. bor. S.s. (yoki uning asosiy qismi) ning texnik darajasi bo’yicha injener- lik, yarim injenerlik va noinjenerlik turlari mavjud. Manbadan suv olish usuliga qarab S.s. o’zi oqar va suvni mashina yordamida ko’tarib oladiganturlarga ajratiladi. Ammo birinchi turdagi Seda ham magi- Stral yoki xo’jaliklararo kanallardan nasos yordamida chiqariladigan suv bilan katta er maydonlarini sug’orish mumkin. Agar sugoriladigan maydonning yarmidan kupi turli darajada sho’rlangan bo’lsa va har yili sho’r yuvish talab qilinsa, bun- Day S.s. ning meliorativ holati yomon hisoblanadi. Sug’oradigan er maydoni bo’yicha davlat, viloyatlararo va tuman- lararo ahamiyatga ega bo’lgan S.s. mavjud (q. Suv xo’jaligi). Sug’oradigan maydon- ning kattakichikligiga qarab, S.s. juda kichik (3 ming ga dan kam), kichik (3— 10), o’rtacha (1030), katta (3050) va juda katta (50 ming ga dan ortiq) turlarga bo’linadi. Mac, O’zbekistonda Mirzacho’l S.s. 300 ming ga, qarshi S.s. 850 ming ga, Ukrainadagi Kaxovka S.s. 800 ming ga erni sug’orishga mo’ljallangan. 20-a.ning oxirlariga kelib jahondagi ko’pgina mamlakatlar (Misr, Braziliya, Hindiston, Eron, Meksika, Pokiston, AQSh, Sudan va b.) da juda katta maydonlarni sugorish imkoniyati- ni beradigan yirik S.s. barpo kilindi. Masharif Boqiev.