Sug’orma dehqonchilik
Sug’orma dehqonchilik, obi- kor deqqonchilik — qishloq xo’jaligi. ekinlarini sug’orib etishtirish. Cho’l, chala cho’l va qurg’oqchil zonalarda, shu- ningdek, vegetasiya davrining ayrim bosqichlari nam bilan etarli ta’min- lanmagan hududlarda vujudga kelgan. Dehqonchiliknpng eng intensiv turlari- dan biri. S.D. ekinlardan eng yuqori va barqaror xrsil etishtirishni ta’min- laydi, lalmikor dehqonchilikka nisba- tan 8-10 marta ko’proq hosil beradi. Bunday sharoitlarda erdan samarali foydalanish, takroriy va qo’shimcha ekin- lar ekish mumkin. S.D. neolit davridan beri ma’lum. Issiq va quruq o’lkalarda, mas, meso- potamiya, O’rta Osiyo, Misrda har yili daryolar toshib suv bosadigan erlarda dehqonchilik madaniyatining dastlabki o’choklari paydo bo’ldi (q. Liman usu- lida sug’orish). Ekin suv qaytganidan keyin qolgan loyqaga ekilgan. S.D.ning ibtidoiy shakli — motiga (dastaki so’qa) dehqonchiligi ana shunday vujud- ga kelgan. Yirik sug’orish kanallarini barpo etish quldorlik jamiyatida bosh- lanadi. Meksikada sug’orishning boshqa bir usuli — erni suvga yaqinlashtirish qo’llanilgan: o’simlik tuproq solingan maxsus sol (chinampa)da o’stirilgan. Ko’pchilik mamlakatlarda sug’oriladigan erlar jami ekin maydon- larining 1 — 15% (AQSh, Meksika, ita- liya, Frantsiya, Ruminiya, Polsha va b.), bir kagor mamlakatlarda yarmi yoki undan ko’prog’ini tashkil etadi (Afg’oniston, VSR, Eron va b.); ayrim mamlakatlar- da esa faqat sug’orib (Misr, Saudiya Arabistoni, Ummon va b.) dehqonchilik qilinadi. S.D. (mln.ga; 1999) Hindiston (59), Xitoy (52,5), AQSh (21,4), Rossiya (4,6), O’zbekiston (4,3), Ispaniya (3,6), Ukraina (2,5) mamlakatlarida jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, S.D. Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya singari namlik etarli va hatto ortiqcha bo’lgan mamla- katlarda ham rivojlanmoqsa. Sug’orma sharoitlarda asosan don (sholi, bug’doy, makkajo’xori, tariq, jo’xori, dukkakli don), texnika ekinla- ri (g’o’za, kanop, zig’ir, shakarqamish, va b.), em-xashak, sabzavot, meva va rezavor mevalar o’stiriladi. S.D.ni olib borish uchun sug’orish sistemalari barpo qilinadi. Ekinlar tarkibi qat’iy ixtisoslashadi. Almash- lab ekmshda etakchi ekin ko’proq ekila- Di. Sug’oriladigan ekinlarni parvarish qilish texnologiyasida ikdim va tuproq sharoitlari, ekinning xususiyati va navi bilan bog’liq bo’lgan suv berish muddat — lari va normalarini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. S.D.da tuproqni ishlash; asosiy (kapital) va joriy (eks- pluatasiey) tekislash — sug’oriladigan maydon bo’ylab suvning ravon oqishini ta’minlash uchun er yuzasini tekislash; 30-35 sm chuq.da shudgorlash va erga ekishdan oldin ishlov berish (borona- lash, chizellash va b.); dalani takroriy ekish uchun tayyorlash; butun vegetasiya davomida ekin qator oralariga ishlov berish (chopiqtalab ekinlar maydonlari- da har bir sug’orishdan keyin tuproqni yumshatish); muvaqqat sug’orish shoxob- chalarini, o’qariq va dahanalarni te- kislash va b. ishlar bajariladi. S.D. o’g’itlar samaradorligini oshirishga qulay sharoitlar yaratadi. Sug’orishda o’g’itlar tezroq o’zlashtiriladi va ekin- lar ulardan to’laroq foydalaniladi, S.D.da mineral o’g’itlar solish miqdori ko’paytiriladi (odatda 30-50% gacha). Shuningdek, makkajo’xori, kartoshka, sabzavotlar, meva daraxtlari maydonla- riga go’ng (20-40 t/ga) solinadi, ko’kat o’g’itpar hami qo’llaniladi. O’rta Osiyodagi sug’oriladigan er- larda, asosan, g’alla, g’o’za va almashlab ekishda ularga yo’ldosh ekinlar (beda, makkajo’xori, em-xashak ekinlari, jo’xori va b.), shuningdek, sabzavotpoliz ekinlari, meva daraxtlari, tok, sholi, qand lavlagi, tamaki va b. ekiladi. Ad.: Ermagov A.Q., Sug’oriladigan dehqonchilik, T., 1983; Abdug’aniev A.A., Povo’shenie ekonomicheskoy effektivno- sti ispolzovaniya oroshaemo’x zemel v O’zbekistane, T., 1983. Sulton Xolnazarov.