Sug’urlar
Sug’urlar (Narmota) — tiyinlar oilasiga mansub kemiruvchilar urug’i. 15 turi bor. Tanasining uz. 60 sm cha, dumi 20 sm cha, og’irligi 2,5—9 kg. Bo’yni kalta, ko’zi katta, quloq suprasi kichik. Junlari kalin va uzun. Evrosiyo va shim Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda uzun dumli (kizil) S. va ko’k S. uchraydi. Tog’ xamda pasttekisliklardagi o’tloklarda yashaydi. 1 — 6 ta kirishchikish teshikli murakkab uyalar (3 m cha chukurlikda, 8 m cha uzunlikda) qaziydi. Qishda uyquga kiradi. Oila bo’lib hayot kechiradi. Kolo- niya xreil qiladi. May oyida bolalaydi. Bolalari iyun—iyul oylarida uyasi- dan chiqadi. 2 yidda jinsiy voyaga etadi. Har xil o’tlar (asosan, boshokli), ba’- zan chuvalchang, mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yog’i va mo’ynasi uchun ovlanadi. Ko’k S. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi ro’yxatiga va O’zbekiston Respublikasi qizil kitobi- ga kiritilgan.