SUG’URTA HIMOYASI

SUG’URTA HIMOYASI — ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining turmush darajasiga nisbatan yetkazilgan yo’qotmalarga barham berish yoki ularni qoplash (tiklash) bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining majmuyini o’zida mujassam etgan iqtisodiy kategoriya (keng ma’noda); konkret obyektlarga: moddiy boyliklar, hayot, sog’lik, fuqarolarning mehnatga layoqatliligi va boshqalarga yetkazilgan ziyonlarni tiklash va ularga barham berish borasidagi qayta taqsimlash munosabatlarining majmuyi (tor ma’noda).