SUG’URTA SHARTNOMASI

SUG’URTA SHARTNOMASI — ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo’lib, bunda sug’urta kompaniyasi sug’urta hodisasi tufayli zarar ko’rilganda sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasini to’lash majburiyatini, sug’urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug’urta mukofotini to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi beradi. Sug’urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo’shimcha shartlar sug’urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.