SUG’URTADA TARIF SIYOSATI
SUG’URTADA TARIF SIYOSATI — sug’urta operatsiyalarining zararsiz o’tkazilishini va sug’urtalanuvchilarning manfaati yo’lida sug’urta tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish bo’yicha sug’urta kompaniyasining maqsadli yo’naltirilgan faoliyati. Sug’urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: Netto-mukofotlar va sug’urta qoplamasi o’rtasidagi ekvivalentlik. Har bir sug’urta turi bo’yicha netto-stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to’g’ri kelishi zarur. Sug’urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug’urta tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarining yuqori darajada belgilanishi sug’urta ishining rivojlanishi uchun to’siq bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- Sug’urta
- SUG’URTA
- SUG’URTALASH
- SUG’URTA PULI
- SUG’URTALOVCHI
- SUG’URTA POLISI
- SUG’URTA HUQUQI
- SUG’URTA BOZORI





