SUG’URTA SUMMASI
SUG’URTA SUMMASI — sug’urta manfaati va sug’urta riskiga mos keluvchi pul mablag’i. Xalqaro amaliyotda sug’urta summasi sug’urta qoplamasi deyiladi. Sug’urta summasiga nisbatan sug’urta mukofoti aniqlanadi va sug’urta qoplamasi to’lanadi. Sug’urta summasi iborasi, ko’proq, shaxsiy sug’urtada — fuqarolarning hayoti, sog’lig’ini sug’urtalashda ishlatiladi.