SUG’URTADA TARIF SIYOSATI

SUG’URTADA TARIF SIYOSATI — sug’urta operatsiyalarining zararsiz o’tkazilishini va sug’urtalanuvchilarning manfaati yo’lida sug’urta tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish bo’yicha sug’urta kompaniyasining maqsadli yo’naltirilgan faoliyati. Sug’urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: Netto-mukofotlar va sug’urta qoplamasi o’rtasidagi ekvivalentlik. Har bir sug’urta turi bo’yicha netto-stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to’g’ri kelishi zarur. Sug’urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug’urta tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarining yuqori darajada belgilanishi sug’urta ishining rivojlanishi uchun to’siq bo’ladi.