SUG’URTALANUVCHI

SUG’URTALANUVCHI — qonun yoki ikki tomonlama shartnoma asosida sug’urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug’urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug’urta shartnomasini tuzishga xaqli. Sug’urtalanuvchi sug’urta mukofotini o’z vaqtida to’lashi shart. Sug’urta shartnomasini tuzish jarayonida sug’urtalanuvchi sug’urta obyektiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni sug’urta kompaniyasiga ma’lum qilishi shart.