Sukarno (Sukarno) Ahmad

Sukarno (Sukarno) Ahmad (1901.6.6, Surabaya — 1970.21.6, Jakar- ta) — Indoneziya jamoat va davlat arbo- bi. Bandung texnologiya in-tini tugatgan (1925). Indoneziya milliy partiyasini tuzishda faol katnashgan va uning 1rai- si (1927). 1929 i. dek.da Gollandiya mu- stamlaka hukumati tomonidan xibsga olingan va partiya tarqatib yuborilgan. Ozodlikka chiqqandan so’ng, 1931 y. tash- kil etilgan Indoneziya partiyasiga kir- gan va uning raisi etib saylangan. 1933 y. yana qamoqqa olinib, Flores o.ga sur- gun qilingan va keyinchalik, Jan. Suma- traga ko’chirilgan (1938-42). Indoneziya Yaponiya tomonidan bosib olingan vaqtda (1942— 45) S. yapon hukmdorlari bilan rasman xolisona munosabatda bo’lsada, mamlakat ozodligi manfaatlari uchun kurashni hamda maxfiy milliy Vatan- parvar tashkilotlar bilan aloqalarni davom ettirgan. S. gitlerchilar Germa- niyasini va militaristik Yaponiyaning siyosatini qoralagan. 1945 y. 17 avg.da u mamlakatda Gollandiya mustamlaka tuzu- mi tugatilganligi va mustaqil Indone- ziya Respublikasi tuzilganligini e’lon kilgan. S. Indoneziya Respublikasining 1-Prezidenta bo’lgan. U Osiyo va Afrika mamlakatlarining 1955 y.dagi Bandung konferentsiyasi tashabbuskori. 1965 y. 30 sent.da harbiy guruh hokimiyat tepasiga kelishi natijasida Indoneziya siyosiy hayotida S.ning mavqei pasaygan. 1966 y. martda hokimiyatni Suxartota topshir- gan.