Sukre

Sukre — Boliviyaning rasmiy poy- taxti, Chukisaka departamentining ma’- muriy markazi. Markaziy Kordilera tog’lari yon bag’rida, 2700 m balandlikda joylashgan. Iklimi tropik iqlim, yanv. ning o’rtacha t-rasi 12°, iyulniki 9°, Yi- liga o’rtacha 700 mm yog’in yog’adi. Aholisi 163,5 ming kishi (1997). Transport yo’llari tuguni. Neftni qayta ishlash, tsement, yog’ochsozlik, oziqovqat, tamaki, to’qimachilik, ko’npoyabzal sanoati kor- xonalari, issiklik elektr st-yasi mav- jud. un-t (1624), nafis san’at, antropo- logiya va b. muzeylar bor. Shaharga 1538 ydala plata (ispancha laplata — kumush) nomi bilan indeyslar qishlog’i o’rnida asos solingan. Keyinroq Chukisaka deb nomlangan (Aymar indeyslari tilida — kumush tog’). 1825 y.dan mustaqil boli- viya poytaxti. 1839 y.dan mamlakat Pre- zidenti A. X. de Sukre nomi bilan atala boshladi. S.da Oliy sud binosi joylash- gan. Me’moriy yodgorliklaridan sobor (1571), hukumat saroyi (1892), cherkov va b. saqlangan.