SULTON MAHMUD MIRZO

SULTON MAHMUD MIRZO (1453 Samarqand — 1495) — Samarqand hokimi (1494-95). Temuriylaragm. Abu Sayd Mirzoning 3o’g’li. Otasi davri- da Astrobod viloyati hokimi. Abu Sayd Mirzo vafoti (1469) dan so’ng Termiz, Chag’oniyon, Hisor, Xatlon, Qunduz, Ba- daxshon va Hindukush tog’larigacha bo’lgan erlar uning tasarrufiga o’tgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494) dan so’ng esa, Samarqand taxtiga o’tirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mam- lakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarkalib qocha boshlagan. S.M.M. taxt- ga da’vogar bo’lib kelgan amakivachcha- si Malik Muxammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. S.M.M. o’z hukmronligi davrida 2 marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ik- kalasida ham mag’lub bo’lgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning 4xotini. Ad.:Fayziev T., Temuriylar shajara- si. T., 1995; M uhammadjonov A., Temur va Temuriylar saltanati, T., 1994.