SULTON MIRHAYDAR MAJMUASI
SULTON MIRHAYDAR MAJMUASI — Kasbidagi me’moriy Yodgor- lik (11 —16-a.lar). Saidlar avlodidan bo’lgan Mirhaydar nomi bilan bog’liq. Majmua (90×40 m) yopiq va yarim ochiq bi- nolar, 3 hovlidan iborat. Keng sahnli Jan. hovlidan qator ustunli masjid- ga (6-a.da bunyod etilgan) kirib, undan o’rtadagi hovliga o’tiladi. Hovlining shim. va Sharqiy tomonidan qad. maqbaralar, Jan. va g’arbiy tomonida ay- von (16-a.) joylashgan. Ayvon (11,6×6,6 m) ning g’arbiy devori yoqalab o’tgan yo’l shim. hovliga olib boradi. Hovlida 14— 16-a.larga oid marmar sag’analar bor. Maqbaralar 3 xonadan iborat. Xonalar chor qirrali taxmon va ravoqlarga ajra- tilgan. Devorlaridagi kichik mehrobiy 3 tokcha oralig’ida chiroklar uchun tutun yo’li ishlangan. Ravoqlarning burchak bag’allari mayda muqarnaslar bilan bez- atilgan. 1maqbara (3,3×3,3 m)da Said Amir Shamsiddinbek alhoji Haydar sag’anasi saqlangan. Sag’ana to’q kulrang marmardan ishlangan. Unda 897 hijriy (1491 milodiy) yil qayd etilgan. 2maqbara (5×5 m)da shaxsi noma’lum 3 ta sag’ana bor. Maqbara gumbazli, burcha- klariga 5 qirrali g’ishtin muqarnaslar terilgan. O’rtadagi hovlining Sharkay tomonida alohida qurilgan Axliboy maqbarasi (4,4×4,4 m) ham 14-a.ga oid deb taxm. qilinadi. Masjidnamozgoh (20×9,6 m) Jan.dan makbara bostirmasiga tutashgan. Undagi bezaklar 13-19-a.lar- ga onddir. Masjidning o’rta qismi keng qator ustunli, bosh tarzi yassi peshtoqli, pastak gumbazli qalqonsimon bag’allarga tayangan. Devoridagi tokcha burchaklari ravoqli, qirrali qilib bezatilgan. Mas- jid oldidagi minora (bal. 8,5 m) eski binolar g’ishtidan qurilgan (19 a. oxi- ri — 20-a. boshlari), ko’rinishi pastdan yuqoriga qarab ingichkalashib borgan, tepasi mezanali. Pastki kismi bir necha bor ta’mirlangan.