SULTON SAODAT MAJMUI
SULTON SAODAT MAJMUI — Termizdagi me’moriy yodgorlik (10-17- a.lar). Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 a. davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani o’z ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi er- lar egasi, Payg’ambarimiz avlodlaridan bo’lmish Hasan alAmir (9-a. 2-yarmida vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida S.Sm. nomi bilan mashhur bo’lgan maqbaralar 10-a.da, qolganlari, asosan, 15-17-a.larda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Makbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining to’ridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda, Jan.dagi maqbara zina- lar g’isobiga kichikroq ko’rinadi. Shim. g’arbidagi maqbaraning qurilma va bez- aklari oddiy g’isht (27x27x5 sm) dan juftjuft qilib terilib, mavjli bez- AK hosil qilingan. Ichki xona devorla-riga g’ishtdan hoshiyali bo’rtma ravoqlar ishlangan. Jan.G’arbdagi maqbara shim. G’arbdagidan bir oz kichik, ko’rinishi oddiy, ganch suvokli. Mazkur 2 maqbara orasidagi peshtokli supa to’riga mehrob joylashgan. Sirkor koshinlar binoga alohida husn bag’ishlagan. 15 —17-a.lar- da qurilgan maqbaralarda o’sha davrga xos yulduzsimon girih naqshlar, ganchko- ri bezaklar keng qo’llanilgan. Majmua mustaqillikdan keyin ta’mirlanib, ziyoratgohga aylantirilgan. Ad.:Arshavskaya Z.A., Rtveladze E.V., Xakimov Z.A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari, T., 1982.