Sulton Sayidxon
Sulton Sayidxon (1490, tur- fon 1533.9.7) — Yorkend xonligi xuKMdo- ri (1514-33). Chig’atoiylardgm. Sulton Ahmadxonning o’g’li. 1503 y. otasi bilan amakisi Sulton Mahmudxonnmt Axsi yaqinida Shayboniyxon bilan bo’lgan jangida qatnashgan. Sulton Ahmadxon vafotidan so’ng taxt uchun kurashlarda akasi Mansurxondan engilgan. S.S. An- dijonga, so’ngra Kobulga, qarindoshi Bobur huzuriga borgan. Bobur uni izza- tikrom bilan kutib olgan. 1510 y. Bobur- ning Kobuldan Qunduzga yurishi chog’ida S.S. u bilan birga bo’lgan. Tarixchi Mir- zo Haydarning amakisi Sayid Muhammad Mirzo Andijonni shayboniylardan (Jo- nibek sultondan) qaytarib olgach (1511), Boburni taklif etadi. Bobur S.S.ga An- Dijon taxtini beradi. Qashqar hokimi Abu Bakr Mirzo 20 ming kishilik qo’shin bilan Andijonga yurish qilgan, S.S. kichik qo’shin (1,5 ming kishi) bilan An- dijondan 2 farsax uzoklikdagi Nutnug’ mavzeida bu katta qo’shin ustidan zafar qozongan (1511 y. 24 okt.). S.S. Shaybo- niylarga qarshi kurashda Boburga yordam bergan. 1514 y. Shayboniy sultonlar Andijonga yurish uyushtirganlar. S.S. shaharni tashlab Sharqiy Turkistonga ketgan. 1514 y. Abu Bakr Mirzoni en- gib, Qashqarni egallagan. 1522 y. bu- tun Sharkiy Turkistonni tobe etgan. Umrining so’nggi yillarida Tibetni egallash uchun kurash olib borgan. Mam- lakatda tartib o’rnatish yuzasidan qator tadbirlarni amalga oshirgan. Abu Bakr Mirzodan krlgan davlat xazinasini mu- sodara etib, uning. bir qismini davlat arkonlari, lashkarboshilari, qo’shin va fuqarolarga taqsimlab bergan. Oqsu va Turfon sh.lari va bir qancha kjshtoklar qayta kurilgan. Din arboblariga katta hurmat ko’rsatilgan. Birok, S.S. 1522 y.dan boshlab maishatga, ichkilikka beri- lib ketib davlat ishlariga e’tibor ber- may qo’ygan. Tarixchilarning ta’rifiga ko’ra, S.S. atoqli siyosatdon bo’libgina qolmasdan, taniqli olim, shoir, musiqashunos ham edi. Sa’id taxallusi bilan she’rlar yozgan. S.S. mohir xattot, musavvirlikda, muqr o’yish, tosh qirqish (sangtaroshlik), zargarlik, otni bezash, quymachilik, kamon, xanjar, shamshir yasash, duradgorlik hunarlarida Shuhrat qozongan. S.S. shikorni yaxshi ko’rgan, uning qonunqoidalaridan saboq bergan. Omonbek Jalilov.