Sultonov Jo’raxon

Sultonov Jo’raxon (1903.29.1 Marg’ilon — 1965.19.10) — xonan- da, bastakor, O’zbekiston xalq hofizi (1939). Keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi. Xonan- dalik saboklarini ilk bor otasidan ol- gan, keyinchalik Madali xrfizdan Yalla yo’llarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbu- va Sattorovlardan katta ashula, sodir- xon Hofiz, Mulla To’ychi hofizlardan maqom yo’llarini o’zlashtirgan. Dastlab xalq to’ysayillari, choyxonalarda xiz- mat qilgan. 1926 y.dan M. Qoriyoqubov rahbarligidagi O’zbek davlat kon- tsertetnofafik truppasiga katnash — gan. Marg’ilon (1928-32) va Toshkent (1932-36 va 1940-58) teatrlarida, O’zbek davlat filarmoniyasi (1936-39), O’zbekiston radioqo’mitasi (1950-58) da yakkaxon xonanda. Mukimiy teatri- da Parfi Hofiz («Tohir va Zuhra»), Norqo’zi («Nurxon») kabi rollarni ham ijro etgan. S xalq orasida «katta ashula piri» nomini olgan, shuningdek, yallalar usta- si, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi M. Uzoqov bilan 25 yildan ortik, hamnafaslik qilib, o’ziga xos talqin yo’lini yaratgan. Repertuari- dan «Ushshoq» va «Sodirxon ushshog’i», «Dugoh Husayn», «besh parda Suvora» va «Savti Suvora», «hanuz», «Chor zarb», «Chaman Yalla» kabi mumtoz ashula va yal- lalar, «bog’aro», «shafoat», «Xayrul ba- shar», «otga mindim» va b. katta ashula- lar urin olgan. U o’zbek xalq kuy va usul- lari asosida bir qancha ashulalar ijod qilgan. «Naylayin», «O’lmasun» (Na- voiy), «keling, ey ahboblar» (Furqat), «Bir qadah» (Chustiy), «Mubtaloman» (S.Abdulla), «ming qadam» (Habibiy), «Bir kelsin», «Ey dilbari jononim», «Ohkim» kabi katta ashulalarni cholg’u jo’rligida ijro etib yangi uslub yarat- gan. S. ijrolari O’zbekiston radiosi va San’atshunoslik in-ti fonojamgarma- larida saqlanmoqda, bir necha grammpla- stinka, audiokasseta va kompakt disklar- ga yozilgan. Vafotidan so’ng «Buyuk xiz- matlari uchun» ordeni bilan mukofot- langan (2000). 1997 y.dan Marg’ilonda S. va M. Uzoqovlar nomidagi Respublika xonandalar tanlovi o’tkazilmoqda.