Sultonov Karamatdin
Sultonov Karamatdin (1924.5.9, Qoraqalpog’iston, Mo’ynoq tumani Okdaryo qishlog’i — 1989, Nukus) — Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi (1973). 1949-51 y.larda «qizil Karakalpak- Stan» va «jas Leninshi» gaz.larida ishlagan. Ilk hikoyalar to’plami — «Mening do’stlarim» (1956). «Ovul- doshlarim» (1960), «Oltin davr sha- moli» (1959), «davr qo’shig’i» (1972) kabi hikoya va she’rlar to’plamlarida qoraqalpoq xalqininghayoti aks etgan. 1962 y. «Oqdaryo» romanini yozgan. Asar o’zbek (1967) va rus (1974) tillarida nashr etilgan. S.ning «Ajiniyoz» tari- xiy romani (1971) qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri va klassigi Ajiniyozta bag’ishlangan. «Davr ta’rifi» (1971), «Keksalar qikoyalari» (1972), «o’tgan kunlar» (1973), «xotiralar» (1975) kabi qissalar muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat mukofoti laureate (1985).