Sulukta
Sulukta — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatidagi shahar (1940 yildan). Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’rida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 22,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Qo’ng’ir ko’mir qazib chiqariladi. Sulukta O’rta Osiyoning ko’mir qazib chiqariladigan eng qadimgi (11 —12-asrlar) markazlaridan biri.