Sumalak

Sumalak — taom turi. Servita- min, xushxo’r va tansiq taom. Tayyorlash usuli: jaydari qizil, qayroqi bug’doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Zanglamaydigan idishga solinib, uch kun ivitib qo’yiladi. Bug’doy nish urgach, toza taxta (teshikchalar ochilgan faner) ustiga 1 — 1,5 sm qalinligida yorug’roq, lekin quyosh nuri tushmaydigan joyga taxtaga yoyiladi va Qar kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug’doy maysasi (ko’k) igna bo’yi bo’lganda (3-4 kundan so’ng) uni bo’laklarga bo’lib, taxtadan ajratib olinadi. Ko’k qiymalanadi yoki o’g’irda tuyiladi va ustidan suv quyib aralash- tiriladi, sharbati dokada suziladi. Shu tarika uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi, 0,5 kg undirilgan bug’doy uchun 2 kg bug’doy uni, 1 kg paxta yog’i kerak. Qozonda paxta yog’i dog’lanib sovitiladi. Yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olov- da kaynatiladi. So’ngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi Su- zilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Tagiga ol- masligi uchun krzonga yong’okdek keladi- gan 15-20 ta silliq toshchalar va 10-12 dona yong’oq yuvib solinadi va yog’och kurak- cha bilan beto’xtov kovlab turiladi. S. 10-12 soat qaynatiladi. Tayyor S.ning rangi och jigarrang, quyuq ataladek, ma- zasi shirin bo’ladi. S. etilgach, krzon- ning olovi olinib, 5-6 soat dimlab qo’yiladi. S. qadimdan, ayrim ma’lumotlarga ko’ra 3000 y. dan beri, bahorni kutib olish, dehqonchilik ishlarining boshla- nishi arafasida, Navro’zaa. tayyorlab ke- linadi. 20-a.ning 90yillaridan boshlab S. pishirish Navro’z bayramida, ayniqsa, ayollar o’rtasida katta tantana bilan o’tadi.