Sumi

Sumi — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi bo’yida. Xarkov — Vorojba yo’nalishidagi t.y. stantsiyasi. Aeroport bor. Aholisi 293,1 ming kishi (2001). S.ga 1652 y.da asos solingan. 1658-1765 y.larda Sumi slo- bodasining markazi. S. 1765 y.dan Sumi provintsiyasining markazi. 1780 y.dan Xarkov noibligining uezd shahri. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shaharda me- tallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939 y.da Sumi viloyati markazi. S. — Ukrainaning muhim sanoat markazi. Sanoatining etakchi tarmokla- ri: mashinasozlik («Nasosenergomash» ishlab chiqarish. birlashmasi, og’ir kom- pressor, cho’yan quyish, elektron mikro- skoplar, «Sumselmash» z-dlari), kimyo (fosfat o’g’itlar, kislota ishlab chikari- ladi), oziqovqat (shakarqand, likyoraraq, sut z-dlari, go’sht k-ti), engil (movut, ti- kuvchilik, poyabzal f-kalari) sanoatla- ri. Qurilish k-ti, mebel z-Di bor. S.da pedagogika inti, Xarkov poli- texnika in-tining filiali, o’rta maxsus bilim yurtlari, teatrlar, o’lkashunoslik, badiiydekorativ san’at muzeylari, Fi- larmoniya mavjud. Me’moriy yodgorli- klardan Voskresenie (1703), Ilinskaya (1836) cherkovlari, Spaspreobrajenie sobori (1776) saqlangan.