Sunami

Sunami (yaponcha) — suv ostida yoki qirg`oq yaqinida zilzila bo`lganda yoki vulkan otilganda okean suvida hosil bo`ladigan ulkan to`lqinlar. Soatiga 50-1000 km tezlik bilan tarqaladi. Tulqin balandligi ochiq okeanda 5 m ga yetadi, qirg`oqqa urilganda 50 m dan oshishi mumkin. Sunami qirg`oqni bosib, ko`p yerlarni vayron qilishi mumkin. Asosan Tinch okean qirg`oqlarida kuzatiladi.