Sundan tili
Sundan tili — avstronez tilla- ridan biri, Indoneziyaning G’arbiy Yava viloyatida, Sumatra o. Jan.da tarqalgan; so’zlashuvchilarning umumiy soni 21 mln. kishidan ortiq. Asosiy lahjalari: Badu (eng qad.), Banten, bogorkravang, chian- jur, Kuningan, chirebon hamda adabiy tilga asos bo’lgan Bandung sh. shevasi. O’ziga xos fonetik, morfologik va sin- taktik xususiyatlari bor. Leksikasida onomatopoetik (tasviriy) so’zlar ancha- gina; unga avvalo sanskritdan, keyincha- lik Arab, Yava, indonez va niderland til- laridan ko’plab so’zlar o’zlashgan. Dastlabki yozma yodgorliklari 8-9-a. larga mansub bo’lib, sanskritda bitil- gan; keyin qad. hind yozuvlaridan Kavi qo’llangan; 1BA.dan Arab alifbosi aso- sidagi jajavan yozuvi, 17-a. 2-yarmidan chacharakan (Yava yozuvi) tarqalgan. 19-a. oxiridan S.t. uchun lotin fafikasi aso- sidagi yozuv joriy etilgan. S.t.da boy adabiyot mavjud, boshlang’ich maktablarda dars o’tiladi, radioeshittirish olib bo- riladi, gazetalar chop etiladi.